• Popdon mahsulotlari AJ

  • Yangi texnologiyalari

  • Ishlatish jarayoni

Jamiyat tarixi

«Popdonmahsulotlari»  ochiq aktsiyadorlik jamiyati tarixi

 

«Popdonmahsulotlari» aktsiyadorlik  jamiyati  o’zining  ishlab  chiqarish faoliyatini 1982 yildan boshlagan.

1982 yilgacha  don mahsulotlari  qabul qilish va  tarqatish korxonasi bo’lgan. 1980 yil don mahsulotlari qabul qilish va tarqatish korxonasi xududida un ishlab chiqarish tegirmon sexi qurilishi boshlanib  1982 iyun oyida ishga tushirilgan.Pop tuman axolisini un va un mahsulotlari bilan  ta’minlash  maqsadida  qurilgan tegirmon sexini bir kunlik ishlab chiqarish xajmi 100 tonna bug’doyni qayta  ishlab 75-foizli 1-2- navli un xamda kepak ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lgan.Un ishlab chiqarish  sexida 3-smenali ish vaqti joriy etilgan bo’lib,4-ta brigada navbati bilan ishlaydi.1981-1983 yillar yanvar oyida omuxta yem (kombikorm) ishlab  chiqarish  sexi qurilib , bir kunda 50-tonna mahsulot ishlab chiqara boshlagan.Sexda 2-smenali ish vaqti tashkil qilingan.1984 yilda don saqlash bo’limi elevator qurib bitkazilib ,12 ming tonna don saqlanadigan metall sig’imlar o’rnatilib,ishga tushirilgan. Yillar davomida ishlab chiqarish sexlarida  ishlayotgan ishchilarning  malakalari oshib, yanada yaxshiroq ishlab ,sifatli mahsulot ishlab chiqarishga erishilmoqda.1986 yilda jamiyat ishchi-xizmatchilari uchun yordamchi xo’jalik tashkil etilgan.1989 yilda  jamiyatda qop ta’mirlash sexi tashkil etilib,11 dona tikuv mashinalari o’rnatilgan va tikuvchilar bilan ta’minlangan.1991 yil yanvar oyidan O’zbekiston Don mahsulotlari Vazirligining buyrugi  bilan tegirmon sexida 75-foizli “O’zbekiston”navli bug’doy uni ishlab  chiqarishni  yo’lga quyildi.Bir kecha-kunduzda 170 tonna bug’doyni qayta ishlash quvvatiga ega.Shu yil tegirmon sexida  axolini  talab va istaklarini  xisobga olib, iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida qadoqlangan 15 kg li un ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan.1991 yilda  jamiyat ishchi-xizmatchilarini ijtimoiy ximoyalash, ularga qulaylik yaratish  maqsadida 60-o’rinli ishchilar oshxonasi ishga tushirildi.1991 yil mart oyida ikki qavatli ishlab chiqarish labaratoriya binosi qurib bitkazilib  foydalanishga topshirildi.1992  yil avgust  oyida  jamiyat ishchi-xizmatchilarini  farzandlari  uchun   140 o’rinli bolalar bog’chasi qurib bitkazilib  ishga  tushirildi. 35-nafar xodimlar ish bilan ta’minlandilar.1992 yilda non mahsulotlari ishlab chiqarish “Issiq non” xamda  makaron ishlab chiqarish  kichik korxonalari  qurilishi boshlanib, Turkiyaning “Ekmasan”firmasi dastgoxlari bilan jixozlanib,1994 yil may oyida ishga tushirildi.1993 yilda  jamiyat xududida  mexanika ta’mirlash sexi qurib bitkazilib, ishga tushirildi.1989 yilda Don mahsulotlari Vazirligining 1988 yil 7-6/794-sonli buyrug’i  bilan xom ashyo mahsulotlari yo’qligi sababli  to’xtatib  qo’yilgan omuxta yem  ishlab chiqarish  sexi o’rniga  1993 yildan bir  kecha-kunduzda 50-tonna bug’doyni ishlab chiqaradigan yangi sex qurilib,1994 yilni 3-choragida foydalanishga topshirildi.1993 yil yanvardan suyuq ozuqa sexi  tumanimiz jamoa xo’jaliklarini  chorva mollari uchun mahsulot yetkazib bermoqda.Bir yilda 3773,15 tonna  suyuq ozuqa ishlab chiqardi.1995 yilda jamiyatga qarashli Xalqabod DQQ punkti tashkil etildi.Jamiyatni barcha ishlab chiqarish sexlari qurilishida  va xozirgi kunda ko’p yillik ish tajribalariga  ega bo’lgan  ilg’or ishchilar  mexnat faxriylari shijoatli yoshlar mexnat qilishmoqda. Barcha ishlab chiqarish rejalari muntazam bajarilishida faollik  ko’rsatishmoqda.Xozirgi kunda  jamiyatda 270 nafar ishchi xizmatchilar mexnat qilishmoqda.Kombinat  1995 yil  3 iyuldan “O’zdonmahsulot” DAKning  78-sonli buyrug’iga asosan  “Popdonmahsulotlari” ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyatiga aylantirildi.1999 yil aprel oyida  omuxta yem ishlab chiqarish  sexi qayta qurilib ishga tushirildi.10 nafar ishchilar  ish bilan ta’minlandilar,qurilish uchun  15,175174  so’m  mablag’ sarflandi.1989 yilda Pop shaxrida  bir kecha kunduzda  26 tonna non mahsulotlari ishlab chiqarish  quvvatiga ega bo’lgan non sexi qurilishi boshlanib 2000 yil mustaqillik bayramini  9-yilligi arafasida foydalanishga topshirildi.Jamiyat qoshidagi  ishchilar oshxonasida ishchi xodimlar uchun bepul tushlik tashkil etildi.2001 yilda  korxona qoshidagi  ishchi xizmatchilar  madaniy dam olish  maishiy  binosi qayta jaxon andozalariga  mos ta’mirlanib  foydalanishga topshirildi. Xalqabod DQQSHsida barcha qulayliklarga ega bo’lgan non ishlab chiqarish  labaratoriyasi va maishiy bino qurib bitkazildi.2002 yil  ishchilar oshxonasi qayta qurilib jixozlanib  1-maydan foydalanishga topshirildi.Yangi tarozixona korxonani kirish qismiga birinchi darvoza qurildi, avtomobillarga to’xtash joyi(stoyanka) tashkil etildi.2003 yil fevral oyida  tegirmon sexi dastgoxlari almashtirilib “O’zbekiston”navli un o’rniga  1-2 navli un ishlab chiqarishga o’tildi.Bir sutkada 120 tonna  bug’doyni qayta ishlab 90 tonna un ishlab chiqarmoqda.Xozirgi kunda jamiyatda 260 nafar ish-xizmatchilar xizmat qilmoqdalar.1983 yil “Popdonmahsulot”aktsiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasining “Davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi qonuni va Namangan viloyat davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni  qo’llab quvvatlash boshqarmasining  1995 yil 29 martdagi  №635-sonli  buyrug’iga asosan “Popdonmahsulot”korxonasi negizida tuzilgan.Aktsiyadorlik jamiyati o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning xuquqlarini ximoya qilish to’g’risida”gi qonunlari va boshqa amaldagi qonunlarga shuningdek o’z ustaviga amal qilgan xolda tashkil etadi.Jamiyatning ustav jamg’armasi 65603000 so’mdan  iborat bo’lib xar biri  1000 so’mlik nominal  qimatga ega bo’lgan 65603 dona  aktsiyalardan tashkil topgan edi.2004 yilda CHust don mahsulot “Popdonmahsulot” aktsiyadorlik jamiyatiga filial bo’lib  qo’shilganligi sababli Pop tuman Hokimligining  tadbirkorlik sub’ektlarini Davlat ro’yxatiga olish inspektsiyasi tomonidan 2004 yil 12 oktyabrdan №255-raqam bilan ro’yxatga olingan Nizomga muvofiq Ustav jamg’armasi quyidagi nisbatda  taqsimlanadi.Ustav jamg’armasi to’la shaklantirilgan bo’lib 99074000 so’mdan iborat. Davlat ulushi 51 % 50525 dona aktsiya. Boshqa aktsiyadorlar ulushi 49 % 48546-dona aktsiya. 13.04.2010 yilda FO 249-6 son bilan ruyxatdan o’tkazilgan aktsiyalar qarori bilan  jamiyat ustav fondi  650.000000 so’mni tashkil etilib  650000 dona  naminal qiymati  ming so’mda  aktsiyalar mavjud bo’lib quyidagicha taqsimlangan.

-“O’zdonmahsulot”AK ga 343130-dona-52,79% ,

-Namangan mulk qo’mitasi 260220-dona -40,03%

-Yuridik va boshqa jismoniy shaxslar -46501 –dona – 7,15 %

-Imtiyozli aktsiyalar -149-dona -00,3 %

-Jami aktsiyalar soni 650000 dona -100 %

2007 yil oktyabr oyida ishlab chiqarish labaratoriya binosi ishga tushirildi. 2007 yil dekabr oyida jamiyatga kirish darvozasi almashtirilib yangi zamonaviy tipdagi darvoza o'rnatildi. 2008 yil mayda ishchilar  oshxonasi qayta ta’mirlanib oldi qismi yangi qurilib ishga tushirildi. 2008 yil mayda jamiyat ishchi xizmatchilarini madaniy dam olishlari uchun korxonaning kirish qismiga dam olish maydoni tashkil etilib, ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. 2010 yil 15 martda Xalkobod  DKKSH qoshida kichik non ishlab chiqarish sexi ishga tushirildi non sexiga Germaniya dastgoxlari o'rnatildi, 16 nafar ishchi xodim ishlamoqda. 2010 yil tegirmon sexi qayta modernizatsiya qilinib Turkiya Respublikasi texnologiyasi asosida dastgoxlar o'rnatilib sutkasiga 90 tonna un ishlab chiqarish yo'lga quyildi. 2011 yil 3 yanvardan yangi tegirmon sexi ishga tushirildi. 46 nafar ishchi faoliyat ko'rsatmoqda.

Shuningdek davlat dasturi asosida don mahsulot ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish maqsadida Namangan shaxar Yashil dexqon bozori xududida  yangi ikkinchi son  kichik non sexi  tashkil etilib  turli xil non mahsulotlarini  ishlab  chiqarib va aholiga yetkazib bermoqda.Non sexini ishga tushirish orqali 16 nafar  yangi ish o’rni tashkil etildi.Korxona ishchi xizmatchilarini ijtomoiy muxofaza qilish maqsadida  qishloq xo’jalik mahsulotlarini  arzon narxlarda  ta’minlash maqsadida  korxona qoshida  80 bosh qoramol, 2500 bosh tovuq,50 quti asalari va 3,5 gektar sun’iy baliq boqish xavfzasi tashkil etilib  ishchi-xizmatchilarga baliq,tuxum, sut va sut mahsulotlari ta’minlab kelinmoqda.2014 yilda korxona  xududida ishchi xizmatchilarni sportga bo’lgan qiziqishlarini  inobatga olib  kichik sport maydonchasi ishga tushirildi.